O‘zbekiston tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish siyosatini o‘zgartirmoqchi

O‘zbekiston tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish siyosatini o‘zgartirmoqchi


Joriy yilning 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligida tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha Respublika Kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda vazirliklar, idoralar, nazorat organlari va tarmoqlar bo‘yicha rahbarlar ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi tarif va notarif savdo faoliyatini tartibga solish siyosatini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bo‘ldi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi

Muhokama chog‘ida tomonlar amaldagi qonunchilik, mavjud ishlab chiqarish va tashqi savdoni hisobga olgan holda, ayrim toifadagi tovarlarga import bojlari miqdorini optimallashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar hamda kun tartibi masalalarini muhokama qildilar.

Yig‘ilish yakunida Kengash tegishli qarorlar qabul qildi, deyiladi xabarda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.