AQSh va Polsha Rossiyaning tajovuzkor harakatlariga qarshi birgalikda kurashadi


Фото: REUTERS

AQSh va Polsha prezidentlari Donald Tramp hamda Anjyey Duda Rossiyani eng dolzarb umumiy tahdidlar sirasiga kiritishdi. Bu haqda RIA «Novosti» yetakchilarning qo'shma bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, Amerika-Polsha o'zaro hamkorligi tahdidlar hamda umumiy xavfsizlikka chaqiriqlarni yo'q qilish, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish, farovonlik va barqarorlik uchun kerakdir.

«Bu sheriklik Rossiyaning tajovuzkor xatti-harakatlari tufayli xavfsizlikka tahdid solayotgan chaqiriqlar fonida muhim ahamiyat kasb etadi», - deya ta`kidlanadi hujjatda.

Aniqlik kiritilishicha, xavfsizlikka boshqa chaqiriqlar orasida terrorizm, butun dunyo bo'ylab ommaviy qirg'in qurolining tarqalishi, Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat va immigrantlar kontrabandasi bor.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Tramp Rossiyaning xatti-harakatlarini tajovuzkor deb atagandi.


Manba: Kun.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.