Qozog‘iston Parlamenti Majilisi raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston yaqin qo‘shnilar, vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlardir. Davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yuqori ishonch va o‘zaro hurmat asosida rivojlanib bormoqda. Turli darajadagi aloqalarning faollashuvi mamlakatlarimizning ko‘p qirrali hamkorligini kengaytirishdan manfaatdor ekanini anglatadi.

Bugun Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Raisi Nurlan Nigmatulin boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’lumot berib o‘tildi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri kutib oldi.

Tashrif davomida Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti delegatsiyasi Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashishi, Samarqanddagi tarixiy va me’moriy obidalarimiz, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari hamda «To‘labiy» (Qaldirg‘ochbiy) maqbarasini ziyorat qilishi rejalashtirilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.