Hukumat Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha qaror qabul qiladi

Hukumat Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha qaror qabul qiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Quyidagilar:

2019 yilda Andijon viloyatida xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;

2019 yilda Andijon viloyatida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimidagi taqsimoti;

Andijon viloyatida 2019 yil davomida xotin-qizlar uchun davlat dasturi asosida yaratiladigan qo‘shimcha ish o‘rinlarining yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti;

2019 yilda Andijon viloyatida “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida o‘z tadbirkorligini tashkil etadigan istagidagi xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari;

2019 yilda Andijon viloyatida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va tadbirkorlarning mablag‘lari hisobidan o‘z tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari;

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan Andijon viloyatida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va oilalarga ajratiladigan reabilitatsiya texnik vositalari taqsimoti;

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 2019 yilda Andijon viloyatida arzon uy-joylar ajratilgan doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan biroq kasanachilik bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlarni zamonaviy tikuv mashinalari bilan ta'minlash ro‘yxati;

Andijon viloyatida 2019 yilda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarida kam ta'minlangan xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash rejasi tasdiqlanadi.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon viloyatida hunarmandchilik va ipakchilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash hamda shu maqsadda mahallalar qoshida hunarmandchilik va ipakchilikka ixtisoslashgan yengil konstruksiyali sexlarni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.

Andijon viloyati hokimligi:

yangidan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri korxonalarida klaster tizimini to‘liq o‘z ichiga olgan jarayonni tashkil etish, yangi tutzorlar va zamonaviy pilla yetishtirish inshootlarini qurish uchun paxtadan qisqartirilgan yerlardan 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlari ajratilishini ta'minlaydi;

davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari bilan birgalikda dasturga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirilishining aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

viloyatda tashkil etilgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” orqali xotin-qizlarni, ayniqsa, qiyin ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarni o‘qitish dasturini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta'minlaydi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.