Rossiyadan O‘zbekistonga 5 ta metro poyezdi olib kelinadi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev kecha Urganchda O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida qator hujjatlarni imzolagan.

Jumladan:

– ta’lim, malaka va ilmiy darajani o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv;

– bojxona xizmati haqidagi bayonnomaga o‘zgartirish kiritish haqidagi bayonnoma;

– qishloq xo‘jaligi sohasida 2 tomonlama kelishuvni ishga tushirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;

– 2019-2020 yillarda sog‘liqni saqlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;

– Rossiyaning «Novaport Xolding» kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuv;

– O‘zbekistondagi gidroenergetika loyihalarini moliyalashtirishning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuv;

– O‘zbekistonga 5 ta metro poyezdini olib kelish va Toshkent metrosini moddiy-texnik quvvatlash bo‘yicha kredit kelishuvi;

– «Interfaks» xalqaro axborot guruhi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum va boshqalar.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.