OAV Shimoliy Koreyaning AQSh bo‘yicha maxsus vakili qatl etilganini ma'lum qildi 

OAV Shimoliy Koreyaning AQSh bo‘yicha maxsus vakili qatl etilganini ma'lum qildi 


Shimoliy Koreyada mart oyida davlat kengashining AQSh masalalari bo‘yicha maxsus vakili Kim Xek Chxol va Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligining yana 4 mansabdor shaxsi qatl etilgan. Qatl etilganlarning barchasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Xanoydagi sammitida ishtirok etgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo nashri xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining birlashish masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, Kim Chen Inning birinchi o‘rinbosari Kim Yon Chxol esa Chagando provinsiyasiga “qayta tarbiyalanishga” surgun qilingan.

Nashrga anonim manbaning xabar berishicha, qatl etilganlar AQSh foydasiga josuslik qilishda ayblangan, biroq ularning qatl etilishining rostmana sababi ular Tramp bilan kelishuvga erisha olishmagani hisoblanadi.

Vetnam poytaxti Xanoyda fevral oxirida o‘tgan AQSh-Shimoliy Koreya sammiti hech qanday kelishuvlarsiz va belgilangan muddatdan avval yakunlangandi.

Ta'kidlash joiz, avval ham matbuotda Shimoliy Koreyada amaldorlar qatl etilgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq keyinroq ular tirik va beshikast holda ko‘rinish berishgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.