Moskva sudi Ravon’dan 36 mln rubl undirib olish haqida hukm chiqardi

Moskvadagi To‘qqizinchi arbitraj sudi Ravon rasmiy dileri Ravon Motors Rus kompaniyasidan “Telesport” kompaniyasi foydasiga 36 million rubl undirib olish haqidagi qarorini o‘z kuchida qoldirdi,

[img]https://sputniknews-uz.com/world/20190529/11637863/Moskva-sudi-Ravondan-36-million-undirib-olishga-ukm-chiardi.html]deb xabar qilmoqda[/url] Sputnik.


Foto: Sputnik

“Telesport” kompaniyasi da’vosiga ko‘ra, 2017-yilning 28-sentabrida Ravon Motors Rus kompaniyasi bilan Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasiga homiylik qilish haqida shartnoma imzolangan. Unga ko‘ra “Telesport” homiyga “Rossiya futbol jamoasining rasmiy dileri” nomidan foydalanish huquqini bergan va televizion translyatsiyalar davomida kompaniya reklamasini joylashtirgan.

Shartnomaga ko‘ra, Ravon “Telesport”ga 120 million rubl to‘lashi kerak bo‘lgan. Aslida esa 90 million to‘lagan va qolgan mablag‘ni, moliyaviy qiyinchiliklarni sabab qilgan holda, to‘lamagan. Ushbu ishni ko‘rib chiqqan sud Ravon’dan 30 million rubl qolgan to‘lovni va yana 6 million jarima undirish haqida qaror chiqargan.

Yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish yagona markazi [url=https://www.rusprofile.ru/id/10486740]ma’lumotiga

 ko‘ra Ravon Motors Rus MChJning yagona asoschisi — “Avtosanoat Invest” MChJ (Toshkent).

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.