Superliga. «Paxtakor» peshqadamlikni mustahkamladi, «So‘g‘diyona» 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Superliga. «Paxtakor» peshqadamlikni mustahkamladi, «So‘g‘diyona» 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi


Superliganing 10-turida Toshkentning «Paxtakor» klubi o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qildi. O‘yin Shota Arveladze shogirdlarining yirik hisobadagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlar jamoasi safida hujumchilar Igor Sergeyev, Marat Bikmayev va Dragan Cheran bittadan gol urishdi. Yana bir golga markaziy himoyachi Marko Simich mualliflik qildi. Mehmonlar safida jamoa to‘purari Zafar Polvonov bitta gol bilan javob qaytardi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Paxtakor» ochkolari sonini 26 taga yetkazib, yetakchilikni mustahkamlab oldi. OKMK esa 7 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

Tur doirasidagi yana bir uchrashuv Jizzaxda bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qilgan «So‘g‘diyona» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi ikki gol ham mezbonlar hujumchisi Shohruz Norxonov (26, 63) hisobiga yozildi.

Bu g‘alaba evaziga jizzaxliklar 15 ochko jamg‘argan holda 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Buxoro klubi esa 7 ochko bilan 13-o‘rinni egallagan.

Superliga-2019
10-tur
PAXTAKOR - OKMK 4:1

Gollar: Igor Sergeyev (5), Dragan Cheran (17), Marko Simich (32), Marat Bikmayev (76) - Zafar Polvonov (49).
Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Marko Simich, Sherzod A'zamov, Farrux Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Jahongir Ahmadov (Bobur Asqarov, 80), Jaloliddin Masharipov (Shohruh Mahmudhojiyev, 75), Marat Bikmayev (Sobit Sindarov, 86), Dragan Cheran, Igor Sergeyev.
OKMK: Akbar To‘rayev, Mirjamol Qosimov (G‘ulom Haydar G‘ulomov, 72), Dilshod Jo‘rayev (Mirolyub Kostich, 46), San'at Shixov, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Kamron Saidazimov (Shoxnazar Norbekov, 64).
Ogohlantirish: Akrom Komilov 67.

SO‘G‘DIYoNA - BUXORO 2:0
Gollar: Shohruz Norxonov (27, 66).

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.