Xitoyda albinos panda birinchi marta yovvoyi tabiat qo‘ynida tasvirga olindi

Noyob katta albinos panda birinchi marta yovvoyi tabiat qo‘ynida tasvirga tushib qoldi. Bu Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Venchuan-Ulun qo‘riqxonasida qayd etildi, deb yozadi South China Morning Post 25-may kuni.



Foto: “News.cn”

O‘rmonga o‘rnatilgan avtomatik kamera aprel o‘rtalarida bambuk ayig‘ini kadrga muhrladi. Uning tanasida birorta ham qora dog‘ yo‘q, ko‘zlari esa pushti rangda.

“Panda kuchli ko‘rinishga ega va tekis yurmoqda — bu irsiy mutatsiya uning hayotini ko‘p ham murakkablashtirmaganini bildirishi mumkin”, — deya izohladi Pekin universiteti tadqiqotchisi Li Pen.

Ammo albinos pandani yirtqichlar osongina payqashi mumkin, shuningdek, u quyosh nurining ta’sirini og‘ir kechiradi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.