Superliga. «Lokomotiv» g‘alabasiz seriyasiga Qarshida yakun yasadi

Superliga. «Lokomotiv» g‘alabasiz seriyasiga Qarshida yakun yasadi


Superliga 10-turining markaziy o‘yini Qarshida yakunlandi. Amaldagi chempion «Lokomotiv» mehmonda «Nasaf»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. 1-bo‘limda Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan gol o‘yinda yagona bo‘ldi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Lokomotiv» 3-o‘rindagi «Surxon» bilan farqni 3 ochkogacha oshirdi va 2-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. «Lokomotiv» chempionatda 3 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayotgandi va «temiryo‘lchilar»ning g‘alabasiz seriyasi aynan «Nasaf» bilan o‘yinda yakunlandi.

Superliga-2019. 10-tur
NASAF - LOKOMOTIV 0:1
Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov (21).

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.