BBC: Facebook 2020-yilda o‘z kriptovalyutasini ishga tushirmoqchi

Facebook keyingi yillarda o‘zining GlobalCoin kriptovalyutasini ishga tushirish niyatida. BBС’ning ma’lum qilishicha, 2020-yilning birinchi choragida o‘nga yaqin mamlakatda raqamli to‘lov tizimini yaratish rejalashtirilgan.


Foto: AP

“TASS”ning yozishicha, Facebook rahbariyati yoz oylaridayoq o‘z raqamli valyutasini ishga tushirish bo‘yicha batafsil rejani taqdim etadi. Yil yakunida esa Facebook GlobalCoin tizimi ishlashini test rejismida tekshirmoqchi.

BBC ma’lumotlarigsha ko‘ra, bir oy avval Facebook rahbari Mark Sukerberg Angliya banki rahbari Mark Karni bilan uchrashib, kriptavalyuta yaratilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida suhbatlashgan.

Facebook rahbariyati, shuningdek, huquqiy maslalar bo‘yicha maslahat olish uchun AQSh Moliya departamentiga ham murojaat qilgan.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar Facebook’ning moliyaviy xizmatlar bozoriga kirishini kutgan edi. Kompaniya 2014-yilda PayPal xalqaro to‘lov tizimining sobiq prezidenti Devid Markusni yollagan bo‘lib, u blokcheyn-texnologiyalar ishlab chiqarish bo‘limini boshqargan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.