Peruning bir qismi kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘ldi

Peru shimolida 8 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi, u jiddiy vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.



Foto: Reuters

Tabiiy ofat 20 ga yaqin uyni vayron qilib, elektr ta’minotini uzib qo‘ydi, bir nechta kasalxona evakuatsiya qilindi.

Qurbonlar va jabrlanganlarning aniq soni hozircha noma’lum.

Mamlakat prezidenti Martin Viskarra aholidan xotirjamlikni saqlashni so‘radi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.