AQShda 50 qavatli bino tepasida qolib ketgan oyna yuvuvchilar qutqarildi (video)

AQShning Oklaxoma-Siti shahrida o‘t o‘chiruvchilar 50 qavatli osmono‘par bino fasadida maxsus ko‘targichda turib ishlayotgan ikki oyna yuvuvchiga yordamga keldi, deb yozadi BBC.



Skrinshot: YouTube

Ko‘targich tom balandligiga chiqqanida platforma kuchli shamol ta’siriga tushib qolib, qattiq silkina boshladi. Oyna yuvuvchilar bir soatga yaqin shunday holatda bo‘lib turdi.

Qutqaruvchilar arqonlar yordamida ko‘targichni tomga yaqinlashtirib, ishchilarni xalos etdi. Ular jiddiy shikastlanishlar olmadi.


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.