Andijondagi farmatsevtika korxonasi xorijiy OAVga raddiya e'lon qildi

Andijondagi farmatsevtika korxonasi xorijiy OAVga raddiya e'lon qildi


Andijonda faoliyat yuritadigan «Andijon Dori-Darmon» AJ korxona faoliyati bilan bog‘liq holat yuzasidan «Ozodlik» radiosida 21 may kuni e'lon qilingan xabar yuzasidan raddiya bildirdi.

«Haqiqatdan ham, 2019 yil 22 aprel kuni omborxonaning bo‘lim boshlig‘i R.Abduvaliyev tomonidan jamiyat rahbari nomiga omborxonadagi mavjud yaroqlilik muddati 2019 yilning may-dekabr oylarigacha bo‘lgan dori vositalarni sotishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab bildirishnoma yozilgan. Bildirishnomadagi ro‘yxatda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari mavjud emas. Botulizmga qarshi zardob dorixona orqali sotishga mo‘ljallanmagan. Ro‘yxatdagi zardob yaroqlilik muddati o‘tgunga qadar zarurat yuzaga kelganligi sababli bemorlarni davolashda qo‘llanilgan.

Ushbu davrda jamiyatda prokuratura organlari tomonidan hech qanday tekshiruv o‘tkazilmagan va bo‘lib o‘tgan kadrlar almashinuviga huquqni muhofaza qiluvchi organlarning aloqasi yuq.

Bugungi kunda viloyatda aholining dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojini yetarli darajada ta'minlayotgan turli mulkchilik shaklidagi 14 ta ulgurji farmatsevtika kompaniyalari va 1 044 ta dorixonalar faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, shulardan 250 tasi «Andijon Dori-Darmon» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli. Jamiyat tarkibidagi dorixonalarning asosiy qismi qishloq joylarida joylashgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, «Ozodlik» radiosi tomonidan maqolada keltirilgan ma'lumotlar ishonchsiz manbalardan olingan va asoslanmagan deb hisoblaymiz»,- deyiladi bayonot matnida. Uning muallifi sifatida Farmatsevtika bozori va AKTni rivojlantirish búyicha direktor Mustafayev F.M. ko‘rsatilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.