Kun hadisi: Iymondan keyingi amal, unga sodiqlikdir

Kun hadisi: Iymondan keyingi amal, unga sodiqlikdir


“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Istiqomatning ahamiyati”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “Katta Qozirobod” masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov sharhlab berdi.

YouTube


Tas-IX


Sufyon ibn Abdulloh (r.a) rivoyat qiladilar:

“Rasululloh salollohu alayhi vasallamga dedim: “Yo Rasululloh! Menga Islomga taalluqli bir so‘z ayting, toki u haqida sizdan boshqasidjan so‘ramay”. Rasululloh salollohu alayhi vasallam javoban aytdilar: “Allohga iymon keltirdim deb ayt, so‘ngra esa to‘g‘ri bo‘l”.

Hadisdagi “istiqomiyat”dan murod, qoim turish, to‘g‘ri yurish, umrni to‘g‘ri sarflash. Shu ma'noda ham tushunish mumkin bo‘ladi. Ya'ni, iymonga berilgan va'daga muvofiq, ana shu va'daning ustidan turishlikka bu hadis bizni chaqiryapti. Bu Rasululloh salollohu alayhi vasallamdan keyin dastur bo‘lib qolyaptiki, iymondan keyingi amal, shu iymonga sodiqlik.

Chunki iymonda sodiq bo‘lib turishning ma'nolaridan biri, buyurilgan amallarga, halolni halol, haromni harom deb yashashlik. Bu ham istiqomatda, ya'ni iymonda davomiy turishlikka dalolat qiladi. Demak yuqoridagi hadisdan ma'no, halol va haromning o‘rtasini farqlashda mustahkam bo‘lish, insonlarga aziyat berishdan o‘zini ehtiyot qilish, aksincha, din-shariat buyurgan go‘zal amallarda musobaqalashish zarur ekan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.