Bir guruh AQSh generallari Trampdan Eron bilan urush qilmaslikni so‘radi

Bir guruh AQSh generallari Trampdan Eron bilan urush qilmaslikni so‘radi


AQSh armiyasining iste'fodagi generallaridan iborat tashkilot Donald Trampga Eron atrofidagi keskinlikni pasaytirish iltimosi bitilgan maktub yo‘lladi.

Iste'fodagi 90 nafar general imzo chekkan maktubda Eron bilan bog‘liq vaziyatdan chuqur tashvishda ekanligi aytiladi.

«Urush shundoq ham beqaror Yaqin Sharqda oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi va AQShni ulkan moliyaviy va geosiyosiy xatarlari bo‘lgan nizoga tortadi», — deyiladi War on the Rocks saytida e'lon qilingan maktubda.

Mualliflarning qayd etishicha, harbiy nizodan ko‘ra diplomatik choralar ancha foydali bo‘ladi.

23 may kuni Reuters agentligi Vashington Yaqin Sharqqa 10 ming nafargacha harbiyni eo‘natishni rejalashtirayotganini xabar qildi. Shuningdek, «Arlington» kemasi, V-52 samolyotlari hamda Patriot raketadan mudofaa tizimlari ham jo‘natilishi xabar qilingan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.