AQShlik jinoyatchi o‘zi haqidagi e’lon 15 mingta layk yig‘sa taslim bo‘lishga va’da berdi

Konnektikut politsiya bo‘limi 29 yoshli qochoq Xose Simms bilan o‘zaro kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra Xose ijtimoiy tarmoqlarga o‘zi haqida qo‘yilgan post 15 ming layk yig‘sa politsiyaga taslim bo‘ladi, deb xabar berdi Forum Daily.



Foto: Depositphotos

Torrington politsiya bo‘limi leytenanti Brett Jonsonning ma’lum qilishicha, Simms u bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘langan va o‘zining qidiruvga berilgani haqidagi e’lon 15 mingta layk yig‘sa taslim bo‘lishga va’da bergan. Jonsonning aytishicha, u kelishuvni o‘zgartirib, 20 mingta laykka ko‘targan.

Ushbu xabar tarqalganidan so‘ng, ertasi kuni post 22 mingdan ortiq layk yig‘gan, biroq Simms o‘z va’dasida turmagan.

Jon Jey nomidagi kellejning politsiya etikasi bo‘yicha mutaxassisi Mak Xaberfeldning aytishicha, Simms ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaviy axobort vositalarini va politsiyani manipulyatsiya qilmoqda. Politsiya ham o‘z navbatida uning nayranglariga ilinmoqda.

Ta’qiblardan charchagan Simms o‘z xohishi bilan politsiyaga taslim bo‘lishini bildirgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.