Rossiya Qozog'istonga zaxirada saqlash uchun uran jo'natadi


Фото: Pixabay

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) va Rossiya MAGATEning kam boyitilgan uran bankida saqlash uchun Qozog'istonga kam boyitilgan uran va uskunalar jo'natish bo'yicha kelishuv imzoladi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Kam boyitilgan urandan atom elektrostansiyalari uchun yonilg'i ishlab chiqarishda foydalaniladi. MAGATEning kam boyitilgan uran banki turli mamlakatlarga yadroviy yonilg'ilarni kafolatli yetkazib berishni ta`minlash mexanizmidir. Bu zaxiradan faqatgina jahon uran bozorida inqirozli holat yuz berganida foydalaniladi.

Bank Qozog'istonning Ust-Kamenogorsk shahridagi Ulbin metallurgiya zavodi hududida joylashgan.


Manba: Kun.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.