Shavkat Mirziyoyev LBMA qoshidagi markazga yangi vazifalar yukladi

Shavkat Mirziyoyev LBMA qoshidagi markazga yangi vazifalar yukladi


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning qo‘shimcha vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

“Elektron hukumat” tizimini va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish;

jahon standartlari talablariga muvofiq “Elektron hukumat” tizimining rivojlanish darajasini tavsiflovchi statistik ma'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va hisobga olish tizimini yuritish;

tadqiqotlar o‘tkazish va iqtisodiyot tarmoqlarini axborotlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning yagona texnologik siyosatini ta'minlash;

“Elektron hukumat” tizimining infratuzilmasini, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yigimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimini, shu jumladan davlat- xususiy sheriklik shartlari asosida yanada rivojlantirishni ta'minlash;

loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari, beg‘araz texnik ko‘maklashish mablag‘lari (grantlar), xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari imtiyozli kreditlarining samarali ishlatilishi ustidan monitoring olib borishda vakolatli organlarga ko‘maklashish.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

Markaz faoliyati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan barcha loyihalarga tatbiq etiladi. Bunda boshqa loyihalar tashabbuskorlari (buyurtmachilar) shartnoma asosida texnik topshiriq yoki tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun mustaqil ravishda Markazga murojaat qilishlari mumkin;

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari, beg‘araz texnik ko‘maklashish (grantlar) mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari hisobidan loyihalarni ishlab chiqishni, amalga oshirishni va qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish Markaz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 29 avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3245-son qarorida nazarda tutilgan davlat xizmatlari uchun to‘langan davlat bojlari va yigimlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar, shuningdek, YaIDXP orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun to‘langan davlat bojlari va yigimlar summasining 1 foizi miqdoridagi mablag‘lar Markazning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;

2019 yil 1 iyundan boshlab qiymatidan qat'i nazar, narx ko‘rsatkichlarining o‘rtacha bozor darajasini o‘rganish yakunlari bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladigan loyihaning cheklangan qiymati belgilangan holda loyihalarning texnik topshiriqlari va tender hujjatlari Markazga ekspertizaga kiritiladi. Bunda, loyihalarning texnik topshiriqlari va tender hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida kelishilmaydi va ekspertizadan o‘tkazilmaydi;

loyihaning texnik topshirig‘ini yoki tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda, loyiha cheklangan qiymatining 0,5 foizi miqdorida (tender hujjatlari bo‘yicha — har bir lot summasidan), biroq eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi. Bunda, ushbu ekspertiza 100 foiz oldindan haq to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi;

yuklatilgan vazifalarni bajarishda Markaz davlat va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari, ilmiy-ta'lim muassasalari, shuningdek, xalqaro, xorijiy va mahalliy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:

qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlardan, shu jumladan loyihalarning texnik topshirig‘i yoki tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishdan olingan daromadlar;

elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, uning moddiy-texnika bazasini saqlash, shakllantirish va mustahkamlash, mehnatga haq to‘lash va xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish maqsadida davlat xizmatlari uchun YaIDXP orqali to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar, shuningdek, YaIDXP orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun to‘langan davlat bojlari va yigimlar summasining 1 foizi miqdoridagi mablag‘lar;

“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan Markaz ta'minoti uchun topshiriladigan mulk va mablag‘lar;

Markazning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini banklarda joylashtirishdan olingan daromadlar;

xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari, shuningdek, donor mamlakatlarning grantlari va kreditlari;

yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy shaxslarning xayriyalari;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Markaz 2022 yil 1 yanvarga qadar yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etildi, bo‘shaydigan mablag‘lar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shuningdek, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltiriladi.

Markaz direktoriga Agentlik bilan kelishilgan holda Markazga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida shartnoma asosida mustaqil xorijiy, milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.