Ekvador Assanj uchun olti yilda qancha pul sarflaganini ma'lum qildi

Ekvador Assanj uchun olti yilda qancha pul sarflaganini ma'lum qildi


Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasida qariyb olti yil istiqomat qilishi mamlakat uchun qariyb 800 ming dollarga tushgan. Bu haqda Ekvador bosh nazorat boshqarmasi ma'lum qildi.

Aprel oyida Ekvador tashqi ishlar vaziri Xose Valensiya 2012-2018 yillar davomida mamlakat Assanj xavfsizligi uchun 5,817 million dollar sarflaganini ma'lum qilgandi.

Ekvadorning Comercio gazetasi ma'lum qilishicha, davlat Assanj uchun 795 ming 372 dollar sarflagan, bunga uning kiyim-kechagini yuvish, yegulik bila nta'minlash va tibbiy xizmatlar ham kiradi. Bundan tashqari, aloqa vositalari uchun to‘lov, xizmatchilar ish haqlari, yashash xonasini ta'mirlash xarajatlari ham ushbu summaga kiritilgan.

Julian Assanj 2012 yil iyundan buyon Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashab kelayotgandi. 2019 yil 11 aprelda u London politsiyasi tomonidan elchixona binosida qo‘lga olindi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.