Yevos – fast-fud tarmog‘idan Ramazon tuhfasi!

Yevos – fast-fud tarmog‘idan Ramazon tuhfasi!


Ish jarayonida shunday paytlar bo‘ladiki, ustma-ust kelgan topshiriq yoki boshqa yumushlarga ko‘milib ketamiz. Bunday paytda hatto ovqatlanish ham esdan chiqadi. Ana shunday tig‘iz rejimda buyurtma xizmatini yo‘lga qo‘ygan ovqatlanish tarmoqlarining borligi ham jonimizga oro kiradi.

Foto: EVOS

Yevos fast-fud tarmog‘i, shubhasiz, o‘zining mazali taomlari va ishonchli xizmati bilan minglab mijozlarning sevimli brendiga aylangan savdo belgisi hisoblanadi.

Ramazon oyida mazkur savdo brendidan ro‘zadorlar uchun yana bir yangilik. Unga ko‘ra, ro‘zadorlarga iftorlik uchun to‘yimli to‘plam (set) taklif etilmoqda.

Ushbu to‘plamda mol go‘shtidan tayyorlangan kotletlar yoki tovuqli qalamchalar, kartoshka fri, guruch, salat, non, shuningdek, og‘iz ochish uchun suv hamda xurmo o‘rin olgan.

Yetti xil mahsulotdan iborat, to‘yimli to‘plam narxlari esa anchayin hamyonbop – mol go‘shtdan tayyorlangan beshta kotlet (22 ming so‘m) va tovuqli qalamchalar (18 ming so‘m).

Foto: EVOS

To‘plamni @evosdeliverybot manzili orqali tez va oson buyurtma qilish mumkin. Eng muhimi, agar siz buyurtmani 16:00 dan 18:00 oralig‘ida amalga oshirsangiz, yetkazib berish xizmati mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Buyurtma bering va iftorlik uchun to‘yimli hamda xilma-xil mahsulotlardan iborat to‘plam sizga yetkazib beriladi.

Reklama huquqi asosida

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.