Yakkasaroydagi xonadonda yong‘in: uy egasining jasadi topildi

Yakkasaroydagi xonadonda yong‘in: uy egasining jasadi topildi


Shu yil 15 may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashagan 60 yoshli R.M.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Oqibatda uyning ichki qismi va jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida R.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

R.M. mast holda sigaret chekib uxlab qolganligi aniqlangan. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.