Rossiyada O‘zbekistonning ikki fuqarosi katta miqdordagi geroin bilan qo‘lga olindi

Rossiyada O‘zbekistonning ikki fuqarosi katta miqdordagi geroin bilan qo‘lga olindi


Tverning Zavoljsk tumanida Rossiya IIV Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish boshqarmasining Tver oblasti bo‘yicha xodimlari ko‘chalardan birida giyohvand moddalarni o‘tkazishda gumonlangan, 20-34 yoshlar oralig‘idagi ikki erkakni qo‘lga olishdi. Tekshiruv davomida politsiyachilar kukunga o‘xshash modda bo‘lgan 302ta polimer o‘ramni olib qo‘yishgan.

Foto: Tvernews

Qo‘lga olinganlar O‘zbekistondan Tverga kelishgan, deb xabar bermoqda Tvernews. Tezkor xodimlar versiyasiga ko‘ra, erkaklar giyohvandlik vositasini bevosita aloqaga kirmagan holda o‘tkazmoqchi bo‘lishgan. Ular tayyor narkotikni bittalik dozalarga ajratib, shaharning turli joylaridagi maxsus joylarga yashirib qo‘yishni rejalashtirishgan.

Foto: Tvernews

Topilgan o‘ramlar ichidagi modda bilan IIV boshqarmasi Ekspert-kriminalistik markazga tekshirish uchun jo‘natildi. Xulosaga ko‘ra, modda umumiy og‘irligi 800 gramdan iborat bo‘lgan geroin ekan.

Foto: Tvernews

Qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan yirik miqdorda giyohvandlik moddalarini noqonuniy o‘tkazish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Narkokurerlar yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.