Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi


Joriy yilning 8 aprel sanasidan boshlab Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yangi o‘quv yiliga qabul jarayonlari boshlandi. Avvalgi yillardagi qabul jarayonidan farqli ravishda bu yil ushbu oliy o‘quv yurtiga hujjat qabul qilish to‘liq onlayn tartibida amalga oshiriladi. 2019/2020-o‘quv yili uchun universitet kamida 500 nafar talabani qabul qiladi. Jumladan, “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura”, “Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari” hamda ushbu yildan yangi yo‘nalish “Avtomobil muhandisligi” yo‘nalishlari uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi.

2019/2020 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bakalavriat bosqichining har bir yo‘nalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:


Hujjatlarni topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishadi.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati 8apreldan 29 iyun 18: 00ga qadar davom etadi. Birinchi bosqichdan o‘tish majburiy bo‘lib, abituriyentlar ushbu bosqichni amalga oshirmay ikkinchi bosqichga o‘ta olmaydilar.

Ikkinchi bosqich, abituriyent universitet sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgach, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim haqidagi hujjat – attestat, diplom, diplom olinmagan bo‘lsa – o‘qishni tugatganligi haqida ma'lumotnoma (asli nusxasi) bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul komissiyasiga keladi, abituriyentning biometrik pasport ma'lumotlari va barmoq izlari skanerdan o‘tkazilib, abituriyentlar ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. Shundan so‘ng, abituriyentning barcha hujjatlari qaytarib beriladi. Onlayn test sinovi kuni esa biometrik pasport ma'lumotlari va barmoq izlari abituriyentlar ma'lumotlar bazasiga muvofiqligi tekshirib ko‘rilgandan keyin, imtihonga kirishga ruxsat etiladi.


Qabul jarayoni bilan bog‘liq to‘liq ma'lumotlar, Onlayn anketani to‘ldirish yoki boshqa turdagi ma'lumotlar yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar uchun bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi keltirilgan manziliga murojaat qilishingiz mumkin: Elektron manzil:admission@polito.uz

Shuningdek, haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar universitetda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilinadi. Unda tashrif buyuruvchilar universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin.Telefon raqamlari: 71 246-63-48, 71 246-80-51

Reklama huquqi asosida

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.