AQSh bunkerlarga qarshi o‘ta qudratli aviabombani sinovdan o‘tkazdi (video)

AQSh harbiy-havo kuchlari ikkita qudartli GBU-57 aviabombasini sinovdan o‘tkazgani tasvirlangan videoni e’lon qildi, deb xabar beradi “Zvezda”.


AQSh bunkerlarga qarshi o‘ta qudratli aviabombani sinovdan o‘tkazdi (video)

Kadr: YouTube

Bombalar harbiy-havo kuchlariga qarashli B-2 Spirit bombardimonchi samolyotidan tashlangan. Videoda ikkita bomba ketma-ket tashlangani va nishonga aniq tushib, bir necha soniyadan so‘ng portlagani aks etgan.


GBU-57 turkumiga kiruvchi snaryadlar eng qudratlilaridan sanaladi. Ular yerga 61 metrgacha chuqurlikda kirib ketishi, 19 metr qalinlikdagi temir-betonni yorib o‘tishi mumkin.

Har bir bombaning og‘irligi — 13,6 tonna bo‘lib, quvvati salkam 2,5 tonna portlagichga teng. Bunkerlarga qarshi ishlatiluvchi GBU-57 aviabombalari Boeing korporatsiya tomonidan ishlab chiqilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.