Rossiyaning XXI asrdagi asosiy quroli ma'lum qilindi

Rossiyaning XXI asrdagi asosiy quroli ma'lum qilindi


Lazer quroli Rossiya armiyasining XXI asrdagi jangovar salohiyatini belgilaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy mavzudagi yig‘ilishda aytib o‘tgan.

“Lazer qurollarini ishlab chiqish uchun loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi juda muhimdir, chunki aynan bunday turdagi qurollar yaqin o‘n yilda, deyarli butun XXI asr davomida ko‘p jihatdan Rossiya armiyasi va flotining jangovar salohiyatini belgilaydi”, deb aytgan Putin.

Rossiya yetakchisining aytishicha, lazer quroli yaqindagina faqat fantastik hikoyalarda uchragan. “Ular amaliyotda yaratib bo‘lindi”, deb qo‘shimcha qilgan Putin.

Putin, shuningdek, “Peresvet” lazer majmuasining sinovlarini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

Rossiya, lazer quroli

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.