Yozning hal bo‘lib ulgurgan 5 transferi haqida

Yozning hal bo‘lib ulgurgan 5 transferi haqida


Yozgi transferlar darchasi hali rasman ochilmadi, lekin futbolchilar birin-ketin o‘z klublariga ketish qarorlarini bildirishmoqda. Frenki de Yong va Aaron Remzi birinchilardan bo‘lib yozda boshqa klublarda bo‘lishlarini bildirishgandi. Hozirda esa yozda jamoasini o‘zgartirishi aniq bo‘lgan futbolchilar bir talay.

Eder Militao
«Portu» — «Real», 50 mln yevro

Foto: Paulo Oliveira / DPI / NurPhoto via Getty Images

Universal himoyachi (o‘ngda ham, markazda ham o‘ynashi mumkin) «Portu»ga bir yil oldin yetti mln yevro – endi esa 50 mln yevroga sotiladi. Portugallarning «pul ishlash» mexanizmi xatosiz ishlashda davom etadi. 21 yoshli braziliyalik futbolchining talantiga shubha yo‘q, ammo u birinchi mavsumdayoq «Real»da o‘ynab keta olishiga shubha bor. Madrid klubi mudofaasi markazida Ramos – Varan juftligi mavjud, ulardan biri jarohat olsagina, zaxira futbolchilarida imkon tug‘iladi, o‘ng qanotda esa Karvaxal va Odriosola muqim joylashgan. Nahotki, 50 mln yevroga xarid qilingan himoyachi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish uchun kelayotgan bo‘lsa? Xuddi jamoaning eng zaif nuqtasidek markaziy himoyaga shunday transfer qilindi. Ko‘rinishidan, «Real»ning yana bir omadsiz transferi.

Rodrigo
«Santos» — «Real», 45 mln yevro

Foto: Buda Mendes/Getty Images

Yosh vinger transferi borasida klublar bir yil muqaddam kelishib qo‘yishgandi. Transfer qiymati – 45 mln yevro, bundan tashqari turli yutuqlar uchun bonuslar ko‘zda tutilgan. «Santos» prezidenti Joze Peres Rodrigo kelajakda jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishiga ishonch bildirmoqdaye. U shu bilan birgalikda, o‘z jamoasi futbolchisining «Real»ga transferini «Lotin Amerikasi tarixidagi eng yaxshi kelishuv» deb atagan. Qiziq tomoni, Neymar 18 yoshida «Santos» uchun 30 gol urib ulgurgandi, Rodrigoda esa 3 barobar kamroq.

Ander Errera
«MYu» — «PSJ», erkin agent maqomida

Foto: Jean Catuffe/Getty Images

Erreraning «MYu» bilan shartnomasi muddati 30 iyun kuni tugaydi. Klub va 29 yoshli futbolchi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olishmadi. Qishdayoq Errera va «PSJ» o‘rtasida muzokaralar boshlangandi. Ular osonlik bilan kelishib olishdi - 4 yillik shartnomaga ko‘ra ispaniyalik tayanchyarimhimoyachisi haftasiga 200 ming yevro miqdorida maosh oladi. Shu kunlarda «MYu» va futbolchi qo‘shma bayonot e'lon qilishdi: Andera jamoaga va muxlislarga minnatdorchilik bildirib, 5 yillik faoliyatdan keyin Manchesterga minnatdorchilik bildirdi. «PSJ»da maydon markazi jiddiy kuchaydi.

Jyelson Martinsh + Lusiano Vetto
«Atletiko» va «Sporting» «Monako» ishtirokida almashuv

Foto: Alex Pantling/Clive Brunskill/Getty Images

Transfer huquqi «Atletiko»ga tegishli bo‘lgan Jyelson Martinsh hozirda «Monako» safida o‘ynamoqda, agar monegaskliklar Birinchi Ligada qolishsa, futbolchining transfer huquqini sotib olishmoqchi. Unda nega «Sporting»? Gap shundaki, portugallar klubi sobiq futbolchisi Martinshning «Atletiko»ga o‘tishi masalasida madridliklar bilan sudlashmoqda. Jyelson 2018 yilning mayida «Sporting» muxlislari bilan kelib chiqqan mojaro ortidan (o‘shanda ashaddiy fanatlar klub bazasiga bostirib kirib, futbolchilarga hujum uyushtirishgandi) klub bilan shartnomasini bir tomonlama buzgandi.

Yakunda klublar murosa qilishdi. «Atletiko» Martinsh uchun 22,5 mln yevro to‘lab beradi. O‘z navbatida, «Sporting» transfer huquqi madridliklarga tegishli bo‘lgan Lusiano Vettoni (u oxirgi mavsumni «Fulhem»da o‘tkazdi) 7,5 mln yevro evaziga sotib oladi, kelishuvga ko‘ra Vetto keyinroq boshqa klubga sotilganida «Atletiko» bu transferdan 50 foiz ulush oladi.

Diyego Godin
«Atletiko» — «Inter», erkin agent maqomida

Foto: Quality Sport Images/Getty Images

Godinning ketishi – Grizmann klubni almashtirish bo‘yicha uzil-kesil qaror qilishiga sabab bo‘ldi. Ular ikkisi yaqin do‘st edi, urugvaylik futbolchi fransiyalik futbolchining qiziga cho‘qintirgan ota hisoblanadi. Bir yil muqaddam aynan Godin Grizmanni «Barselona» taklifini rad etib, qiyin ahvolda qolgan, transferlar taqiqiga uchragan «Atletiko»ga yordam berishga ko‘ndirgandi. Ammo endi Godin madridliklar rahbariyati bilan shartnomasini uzaytira olmay, Italiyaga yo‘l olmoqda va bu Grizmannda Madridda qolishga sabab qoldirmadi. Muxlislar bilan xayrlashuv vaqtida ko‘p yillik sardor yig‘lab yubordi. U «Atletiko»da 9 yil o‘ynadi va 8 sovrin yutib oldi, jumladan ikki bor Yevropa Ligasi g‘olibligi va Ispaniya chempionligi, shuningdek, ikki bor Chempionlar ligasi finali. Klub afsonasi ketmoqda. Darvoqe, yozda klubni yana bir uzoq yillik futbolchisi Xuanfran ham tark etadi. Uning ham shartnomasi shu yil yoziga qadar tuzilgandi va klub u bilan ham shartnomani uzaytirishni istamadi. Shu tariqa, ko‘pchilik odatlanib qolgan «Atletiko»ning tarkibidan deyarli hech kim qolmayapti.

Bonus: Antuan Grizmann
«Atletiko» — ???, 120 mln yevro


Fransiyalik futbolchi shu kunlarda «Atletiko»ni tark etishini ma'lum qildi. «Simeone va rahbariyat bilan gaplashdim va ketmoqchiligimni aytdim. Muxlislarga aytishim kerakki, bu qarorni qabul qilish juda qiyin bo‘ldi. Ammo menga yangi chorlovlar zarur. Men bu yerda ilk katta sovrinlarimni qo‘lga kiritdim, bu yerda unutilmas besh yilni o‘tkazdim, sizlarga barchasi uchun minnatdorchilik bildirishni istayman». Bunga javoban «Atletiko» prezidenti Enrike Sereso Antuanning qaroridan qattiq xafaligini bildirdi. Klub muxlislari esa u bundan keyin klub futbolkasini kiymasligini tilashdi.

Endi asosiy savol: Grizmann qayerga ketadi? Hamma «Barselona» haqida gairmoqda, katalonlar klubining sobiq prezidenti Joan Laporta ham u Kataloniyaga kelishini aytdi. Grizmanning madridliklar klubi bilan shartnomasida belgilangan badal puli miqdori 1 iyul kuni 200 mln yevrodan 120 mln yevroga tushadi, «Atletiko» futbolchisini shu narxga transfer qilsa, futbolchining sobiq klubi «Real Sosedad»ga 20 foizlik ulush ajratadi.

«Atletiko» uchun noqulay kelishuv va g‘alati shartnoma. Klub futbolchiga yiliga 23 mln yevro miqdorida maosh to‘lab kelayotgandi. Koutino va Dembele uchun 280 mln yevro to‘lagan «Barselona» esa Grizmanning narxi 120 mln yevroga tushishini kutmoqda. Lekin ayni vaqtga kelib fransiyalik futbolchi uchun kurashga boshqa grand klublar ham qo‘shilmoqda: «PSJ» va «Bavariya».

Navbatda kimlar?
Yaqin haftalarda transferlar bozorida katta voqealar bo‘lishi kutilmoqda. Mateys de Ligt, Luka Yovich, Eden Azar, Garet Beyl va boshqa ko‘plab futbolchilar. Shuningdek, «Atletiko»ning yana bir asosiy futbolchisi Rodriga «Manchester Siti» jiddiy qiziqmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.