«As-Sadd» Xavining so‘nggi rasmiy o‘yini – Qatar kubogi finalida yirik hisobda yutqazdi

«As-Sadd» Xavining so‘nggi rasmiy o‘yini – Qatar kubogi finalida yirik hisobda yutqazdi


Qatarda 2018/19 mavsumi nihoyasiga yetdi. 16 may kuni Yulduzlar ligasi chempioni «As-Sadd» amir kubogining final o‘yinida «Al-Duhayl»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.


Ushbu bahs ispaniyalik yarimhimoyachi Xavi uchun professional futbolchi sifatidagi faoliyatida so‘nggi rasmiy o‘yin bo‘ldi

Xavi 2015 yilda «Barselona»ni tark etib, so‘nggi uch mavsumni «As-Sadd»da o‘tkazdi. Endilikda u Dohaning mazkur klubida murabbiylik faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

Ta'kidlash joiz, Qatar amiri kubogining final uchrashuvi oldidan JCh-2022 uchun qurilgan «Al-Vakra» stadionining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 575 mln dollarlik o‘yingoh 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Avvalroq Dohada xuddi shuncha sig‘imga ega «Xalifa» stadioni ham foydalanishga topshirilgandi.


Se inaugura el Al-Wakrah, una de las bellezas de Qatar para el 2022 🏆🥰
¡SIN PALABRAS! 😱 pic.twitter.com/f4mWleUeD2

— Sergio Dipp (@SergioADippW) May 15, 2019

Qatarda JCh-2022 uchun ushbu ikki stadiondan tashqari yana 6ta stadionda rekonstruksiya ishlari ketmoqda.


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.