Zelenskiy deputatlarni sustkashlik qilishda aybladi

Zelenskiy deputatlarni sustkashlik qilishda aybladi


Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy tvitterda o‘z inauguratsiyasi sanasi bo‘yicha oliy radaning qaroriga izoh berdi.

“Parlament, nihoyat, inauguratsiya sanasini belgiladi. Deputatlarning o‘ylashiga deyarli bir oy kerak bo‘ldi. Umid qilamanki, kelgusida oliy rada qarorlarni bunday sustkashlik bilan qabul qilmaydi”, deb aytgan Zelenskiy.

Zelenskiyning inauguratsiyasi 20 may kuni bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan soat 10da boshlanadi. Avvalroq bu sana uchun 315 deputat ovoz bergan.

Zelenskiyning o‘zi inauguratsiyasi 19 mayda o‘tishini talab qilgandi. U shuningdek ushbu masala bo‘yicha qarorni 14 mayda qabul qilishga va'da bergan oliy rada spikeri Andrey Parubiyni yolg‘onchilikda ayblagan va uni mayda firibgar deb atagan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.