Merkel siyosatdan ketmoqchiligini tasdiqladi

Merkel siyosatdan ketmoqchiligini tasdiqladi


Germaniya kansleri Angela Merkel siyosatdan ketmoqchiligini tasdiqladi. Uning ta'kidlashicha, u o‘zining siyosiy faoliyatini kansler lavozimidagi vakolati muddati nihoyasiga yetgach, ya'ni 2021 yildan keyin yakunlaydi.

Merkelning aytishicha, shundan keyin u hech qanday siyosiy lavozimni egallamaydi.

2018 yil 29 oktyabrda Merkel 2021 yilgi saylovlarda kansler lavozimiga da'vogarlik qilmasligini ma'lum qilgandi. Shuningdek, u bundestagga saylanish va boshqa siyosiy lavozimlarga ilgari surilishdan bosh tortgan.

2018 yil dekabrda Merkel Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi partiyasi yetakchisi lavozimini tark etgan. Uning o‘rnini izdoshi Annegret Kramp-Karrenbauer egallagandi.

O‘shanda Germaniyada so‘rovnoma o‘tkazilib, unda har uchinchi nemis Merkel o‘z lavozimini muddatdan oldin tark etishini istashini aytgan. Merkelning o‘zi esa vakolati muddati tugaguncha ishlamoqchiligini aytgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.