Yigit o‘z yoriga buyragini sovg‘a qildi

Yigit o‘z yoriga buyragini sovg‘a qildi


Angliyaning Lester shahridan bo‘lgan kichik tibbiy xodim o‘z yoriga turmushga chiqish taklifini bildirdi va unga buyragini sovg‘a qildi. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.

27 yoshli Aldo Kataldi va 22 yoshli Jyeraldin Chingosho ish joylari – qariyalar uyida tanishishgan. Birozdan keyin yigit bo‘shab ketgan, biroq ikki yosh munosabatlarni qo‘llab-quvvatlab turishgan va yigit qizni kunlardan birida uchrashuvga taklif qilgan.

Bundan bir necha kun avval esa qizda jiddiy buyrak kasalligi aniqlangan. Qizning buyragi 20 foizgagina ishlagan va qiz har kuni dializ jarayonidan o‘tishi talab etilgan. Qiz yigitga o‘ziga qo‘yilgan tashxisni ma'lum qilgan va munosabatlarni boshlamaslikni tavsiya qilgan. Biroq yigit unga tashlab ketmasligini aytgan.

2018 yil boshida qiz uning yaqinlaridan hech kim unga donorlik qila olmasligidan xabar topgan. O‘shanda yigit qiz bilan buyraklari mos kelishiga tahlil topshirishga qaror qilgan.

Shunday keyin ikki yosh Portugaliyaga qizning tug‘ilgan kunini nishonlashga jo‘nab ketgan. O‘sha yerda yigit qizga taklif bildirgan va yoriga donorlik qila olishidan xabar topgan. “U meni ko‘zida yosh bilan uyg‘otib, bu haqda aytdi. Men undan so‘radim: “Agar biz keyinchalik ajralsak-chi?”. U bo‘lsa, “Juda bo‘lmasa sening hayotingni qutqarib qolaman”, deb javob qildi”, deb eslagan voqeani qiz.

2019 yil fevralida shifokorlar qizga buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini o‘tkazishgan. Joriy avgustda esa ikki yosh nikoh qurmoqchi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.