«YELKAN» kafesida o‘zingizni osuda dengiz uzra suzayotgan kemadagidek his qiling!

«YELKAN» kafesida o‘zingizni osuda dengiz uzra suzayotgan kemadagidek his qiling!


Xorijiy davlatlarga chiqqanlar biladi: u yerlarda mijozlarga avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida do‘konlar va mo‘'jaz kafelar ham xizmat ko‘rsatadi. Mana shunday, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy majmuaSamarqandning Bulung‘ur tumani markazida ham faoliyat ko‘rsata boshlaganidan xabaringiz bormi?

Bulung‘ur shahridan o‘tuvchi M39 xalqaro yo‘lining shundoq chetida, tog‘ shabadasi doimo esib turadigan maskanda o‘ziga xos usulda bunyod etilgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz qo‘yish shoxobchalari joylashgan.


Zamonaviy shoxobchada yo‘lovchilarning kutib turishlari va dam olishlari uchun barcha sharoitlar hozirlangan.


Majmuaning mantiqiy davomi sifatida «YELKAN» deb atalgan oilaviy kafe faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, o‘zining ko‘pgina muxlislarini ham orttirgan edi.


Yaqinda majmuadagi kafening yangi binosi shu yo‘ldan o‘tayotgan yurtimizning barcha go‘shasida yashovchi mijozlarga o‘z quchog‘ini ochdi.



2008 yilda Xitoyda o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlarining bosh stadioni bo‘lgan «Qush uyasi» stilidagi zamonaviy dizaynda ishlangan, ikki qavatdan iborat, ko‘zni quvontiruvchi zallarda bir vaqtning o‘zida 400 nafar xo‘randaga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Tamaddixonaning mebellari va intereri ko‘zni quvnatadigan yorqin ranglarda tayyorlangan.



Kafedagi o‘z ishining ustasi bo‘lgan oshpazlar tomonidan pishiriladigan sifatli taomlarga xo‘randalarga qoniqtiradigan narxlar belgilangan.



Ayni iftorlik chog‘i kafe mijozlar bilan to‘lib toshib ketdi. Biz qoraqalpog‘istonlik mehmonlarni so‘zga tutdik. Ulardan biri shunday dedi:

— Men Azamat Yusupov bo‘laman, Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahridanman. Bu kafening doimiy mijozimiz. Juda qulay joyda joylashgan, taomlari ham juda mazali. Doimo Toshkentga borib qaytishda albatta mana shu yerga to‘xtab, dam olamiz, ovqatlanamiz.



Ha, respublikamizning eng yirik avtomagistrali ustida joylashgan «YELKAN» kafesida yo‘lovchilar sutkaning istalgan vaqtida mazkur kafeda tamaddi qilishlari mumkin.

Xushmuomala ofitsiantlar tomonidan sizga milliy va jahon oshxonasining turli mazali taomlari taklif etiladi.




Bu yerda bemalol oilangiz bilan kelib tamaddi qilib ketishingiz mumkin. Kafeda ichilmaydi va chekilmaydi. Yosh go‘daklaringiz uchun alohida stol-stullar bor.


Kafening shinam va pokiza oshxonasida qo‘li gul oshpazlar mazali taomlar va salatlarni siz uchun qisqa muddatda tayyorlab berishadi.




Kafeda mijozlarning keti uzilmaydi. Ayniqsa, qutlug‘ Ramazon oyida saharlik va iftorlik vaqtida yo‘lda tamaddi qilib olish uchun eng qulay sharoit shu yerda. Ro‘zadorlar uchun suv, shirinlik va quruq mevalardan iborat mo‘'jaz bonus tekin taqdim etiladi.

«YELKAN» kafesining eshiklari doimo siz uchun ochiq. Biz sizga xizmat ko‘rsatishdan bag‘oyat xursandmiz!

Bizning manzil: Bulung‘ur shahri, M39 trassasi, Samarqand ko‘chasi

Telefon: (95) 508-10-60, (95) 509-40-00

«YELKAN»ga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo‘ling:

Instagram: @kompleks.yelkan

Facebook: fb.com/kompleks.yelkan

Biz Google xaritada: goo.gl/maps/Xi5eYJcH7Sk2H76PA

Reklama huquqi asosida

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.