Toshkent shahar hokimligi ko‘p kvartirali uylarni sotib olmoqchi

Toshkent shahar hokimligi ko‘p kvartirali uylarni sotib olmoqchi


Toshkent shahar hokimligi uy-joy qurilishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan xonadonlarni sotib olishi haqida e'lon berdi.

Qayd etilishicha, ushbu tadbir uyi buzilishga tushgan xonadon egalariga kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan uy-joylarning joyi, ta'miri hamda boshqa xususiyatlari bo‘yicha tanlov imkoniyatini taqdim etish va buzilishlar natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar va e'tirozlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Uy-joy qurilishi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- uy-joylar to‘liq ta'mirdan chiqqan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chib kirib yashash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;

- taklif etilayotgan salohiyatli uylar soni 10 ta xonadondan kam bo‘lmasligi kerak;

- kvadrat metri 6 million so‘mdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

- uy manzili, yuridik shaxs haqida to‘liq ma'lumotlar, katalog(broshyura), uy-joylar ko‘rinishi aks etgan videomateriallarni taqdim etishi kerak.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.