Toshkentda qator kasalliklarga qarshi samarali deb topilgan «ALHADAYA» kapsulalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

Toshkentda qator kasalliklarga qarshi samarali deb topilgan «ALHADAYA» kapsulalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi 


Kecha, 15 may kuni Poytaxt biznes markazining konferens-zalida «ALHADAYA» kompaniyasining «ALHADAYA» - qora sedana va baliq yog‘idan tayyorlangan kapsulalari (biologik faol qo‘shimcha) taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.



Taqdimot tadbirida mutaxassislar O‘zbekistonga ilk bor kirib kelayotgan ushbu mahsulot va uning foydali xususiyatlari haqida ma'lumot berishdi. Xususan, tibbiyot fanlari nomzodi, yuqumli kasalliklar bo‘yicha oliy toifali shifokor Kamoliddin Boboyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda juda ko‘p kasalliklar organizmda immunitet yetishmasligidan kelib chiqadi.

«Achinarlisi, kishilar hatto oddiy shamollashni davolash uchun ham kuchli antibiotiklarga murojaat qiladi. Antibiotiklar esa organizmda boshqa turdagi kasalliklarni keltirib chiqaradi. «ALHADAYA» biologik faol qo‘shimchalari esa tabiiy mahsulot. U inson immunitetini mustahkamlaydi. Kapsulani faqat kasallik paytida emas, doimiy tarzda iste'mol qilish mumkin. Bu organizm uchun o‘ta foydali», deydi u.


Taqdimotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur ham o‘z fikrlarini bildirdi.

«Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sabzavot, meva va boshqa mahsulotlarning foydali xususiyatlari to‘g‘risida yuzdan ortiq hadislari bor. Payg‘ambarimiz ular orasida uchta narsani o‘limdan boshqa kasalliklarga davo bilib, ajali yetmagan inson borki, shu uchta vositadan davo topadi, degan edilar. Bular sedana, asal va sirka (jumladan, ular orasida uzum sirkasi eng foydali).
Afsuski, biz turli dardlarga davo topishda tabiiy mahsulotlardan foydalanishni esdan chiqarib qo‘ydik. Xursand bo‘layotganim, sedana yana iste'molga kirib kelmoqda», dedi Shayx Abdulaziz Mansur.


Loyiha ta'sischilaridan biri Abror Po‘latovning aytishicha, «ALHADAYA» (biologik faol qo‘shimcha) mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kelishdan ko‘zlangan asosiy maqsad foyda olish emas, balki insonlar salomatligiga hissa qo‘shishdir. Jumladan, «ALHADAYA» mahsulotlarini sotish va tarqatishdan tushadigan mablag‘ning bir qismi «Vaqf» xayriya jamoat fondi hisobiga o‘tkazib boriladi.

“Biz, shuningdek, keksalar va bolalar uylari, yashash sharoiti og‘ir yurtdoshlarimizga ham ko‘mak berishni niyat qilganmiz”, deydi u.


Ma'lumot uchun, «ALHADAYA» - shu nomdagi kompaniya tomonidan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda ishlab chiqariluvchi qora sedana yog‘i hisoblanadi.

Zamonaviy tibbiy tekshiruvlar natijasida «ALHADAYA» oshqozon ichak traktlari va immun tizimini yaxshilovchi, shuningdek, kasallik qo‘zg‘atuvchi turli bakteriyalarni yo‘qotishda foydali mahsulot deb topilgan.



Mahsulot insonni turli stresslardan xalos qilib, fikrlash jarayonida ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Jigarni himoyalab, uning tiklanish jarayoniga yordam beradi.

Shuningdek, «ALHADAYA»:
• Ichak parazitlarini haydash;
• o‘t ajralishini yaxshilash;
• oshqozondagi kislotalilikni kamaytirish;
• saraton hosilalari o‘sishini sekinlashtirish;
• qon bosimini gipertoniyaning ilk bosqichlarida samarali tushirish;
• ayollarda sutni ko‘paytirish va organizmdan toksinlarni chiqarishda ham foydali hisoblanadi.

«ALHADAYA» mahsulotlaridan ko‘pchilik sportchilar ham foydalanib keladi. Jumladan, Mutlaq kurash chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni, rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov kompaniya brendi sifati mashhur.

Maxsulotni xarid qilish borasidagi batafsil ma'lumotlarni tez kunda saytimiz orqali olishingiz mumkin.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.