Talabalarga Turkiya universitetlarida ta'lim olish imkoniyatini beruvchi ta'lim yarmarkasi o‘tkaziladi

Talabalarga Turkiya universitetlarida ta'lim olish imkoniyatini beruvchi ta'lim yarmarkasi o‘tkaziladi


18 may kuni soat 10:00da Toshkentdagi «Radisson Blu Hotel» mehmonxonasida «KÜNİB» (Kavkaz universitetlar birligi) tomonidan Turkiyaning peshqadam universitetlari ishtirokida O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurti rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun ta'lim yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ma'lumot berilishicha, yarmarkada Turkiyaning 30 universitetidan rahbar va mutaxassislar ta'lim sohasida to‘plagan tajribalarini ikki kun davomida o‘zbek mutaxassislari bilan bo‘lishadi.

Bundan tashqari, tadbirlar davomida Turkiya hamda O‘zbekistondagi ta'lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanishi ham rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 20 may kuni soat 10:00da «Tashkent International Hotel» mehmonxonasida «KÜNİB» tomonidan «YÖS» (xorijiy talabalarni tanlash) imtihoni ham o‘tkaziladi.

«KÜNİB YÖS» imtihonlaridan o‘tgan talabalar esa Turkiyadagi 71 universitetdan birida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Kavkaz universitetlar birligi (KÜNİB) 14 davlatning 162 universiteti ishtirokida tashkil etilgan xalqaro ta'lim tashkiloti hisoblanadi.

Qo‘shimcha ma'lumot: www.kunibyos.com

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.