O‘zbekistonning birinchi aloqa vaziri Komiljon Rahimov vafot etdi 

O‘zbekistonning birinchi aloqa vaziri Komiljon Rahimov vafot etdi 


Bugun, 16 may kuni, aloqa sohasida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan mehnat faxriysi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqachi Komiljon Rahimov vafot etdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Komiljon Rahimov 1985 - 1995 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vaziri lavozimida, 1995 - 1998 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.

Xabarda aytilishicha, Komiljon Rahimovning xizmatlari alohida e'tirof etilib, davlatning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

Janoza marosimi bugun asr namozidan so‘ng uning Urganch shahridagi uyida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.