Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etilishi kutilyapti. Batafsil

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etilishi kutilyapti. Batafsil


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

2020 yilning 1 yanvaridan boshlab, milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etilishi mumkin:

yil boshidan yo‘l harakati qoidalarini buzgan transport vositalari haydovchilariga muayyan jarima bali berib boriladi;

agar transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun yil mobaynida (1 yanvardan 31 dekabrga qadar) to‘plagan jarima ballarining umumiy miqdori o‘n ikki ballga yetsa yoki undan oshsa, u haydovchilik huquqidan mahrum etiladi;

o‘n ikki yoki undan yuqori jarima bali to‘plagan haydovchining xohishiga qarab unga qayta imtihon topshirish imkoni beriladi, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yil yakuniga qadar uch jarima baliga teng limit beriladi;

o‘n ikki yoki undan ortiq ballga teng qoidabuzarlik sodir etgan, shuningdek qayta imtihonni topshira olmagan haydovchilar sud tomonidan o‘rnatilgan tartibda yil yakuniga qadar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi.

Belgilab qo‘yilishicha:

milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash borasidagi qo‘shimcha chora hisoblanadi;

milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan hisoblab boriladi;

haydovchiga nisbatan transport vositasida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarining qo‘llanishi, shuningdek, ballarning umumiy miqdori o‘n ikki yoki undan ortiq balga teng bo‘lganda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etish uni qonunda nazarda tutilgan asosiy jazodan ozod etmaydi;

o‘n ikki jarima bali faqat bir yil (1 yanvaridan 31 dekabriga qadar) mobaynida amal qiladi hamda keyingi yil uchun hisoblanmaydi;

yil mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan transport vositalari haydovchilariga, rag‘batlantirish tariqasida, keyingi yilda yo‘l harakati qoidalarini birinchi marotaba buzganligi uchun jarima bali hisoblanmaydi;

maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar haydovchiga jarima ballari hisoblash uchun asos bo‘lmaydi.

O‘n ikki va undan yuqori ballga teng bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun haydovchilar tomonidan qayta imtihon topshirishda to‘lanadigan to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga o‘tkazilsin hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari, shuningdek haydovchilarning uyali aloqa vositalariga xabar yuborish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga elektron shaklda jarima ballari berish va haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganda ularni hisoblashning elektron tizimini ishlab chiqadi;

transport vositalari haydovchilarining umumiy yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun to‘plagan ballari miqdori sakkiz balga teng bo‘lganda, ularning uyali aloqa vositasiga bu haqda xabar (sms) yuborish orqali ogohlantirish tartibini joriy qiladi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflarini kiritadi.

Mazkur qaror 2020 yilning 1 yanvaridan e'tiboran kuchga kirishi mumkin.

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, u quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi Maxsus qismi moddalarining sanksiyasida to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomototransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish nazarda tutilgan qoidabuzarliklarga;

yo‘l-transport hodisasi oqibatida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan qoidabuzarliklarga;

maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklarga;

maxsus avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarga.

Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik holatlari yil davomida, ya'ni 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, o‘n ikki balli jarima asosida baholab boriladi.

Birinchi marotaba haydovchilik guvohnomasini olgan fuqarolarning sodir etgan qoidabuzarliklari haydovchilik guvohnomasi olgan kundan boshlab baholanib boriladi.

Jarima ballarining keyingi yil uchun hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Huquqbuzarlik xususiyatidan kelib chiqib, haydovchilar tomonidan sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari hisoblab boriladi.

Haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash DYHXXning ma'muriy amaliyot bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Transport vositasi haydovchisining sodir etgan qoidabuzarligi sakkiz jarima balliga teng bo‘lganda, bu haqda u DYHXX tomonidan xabar (sms) orqali ogohlantiriladi.

Haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi holatiga e'tiroz bildirilgan hamda ish ko‘rib chiqish uchun ma'muriy sudga yuborilganda, jarima ballari ma'muriy sudning yakuniy qaroriga asosan hisoblanadi.

Yil yakuniga qadar o‘n ikki va undan ortiq jarima baliga teng yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga, ularning xohishiga qarab, qayta imtihon topshirish uchun imkoniyat beriladi.

Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilarga yil yakuniga qadar uch jarima bali miqdorida limit belgilanadi.

Yilning oxirgi kunida, ya'ni 31 dekabrda o‘n ikki va undan yuqori balga teng qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar tomonidan qayta imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda ularga keyingi yil uchun o‘n ikki jarima ball limiti belgilanadi.

Qayta imtihonlarni topshira olmagan, shuningdek yilning yakuniga qadar qo‘shimcha uch va undan ortiq jarima baliga teng huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarni yil yakuniga qadar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish masalasini hal etish uchun hujjatlar ma'muriy sudlarga yuboriladi.

Ma'muriy sud tomonidan belgilangan muddat tugagach, haydovchilar o‘rnatilgan tartibda qayta imtihonlarga qo‘yiladi hamda ularni muvaffaqiyatli topshirganidan so‘ng keyingi yil uchun o‘n ikki balgacha bo‘lgan limit belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi Maxsus qismi moddalarining sanksiyasida to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomototransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni nazarda tutuvchi qoidabuzarliklar uchun transport vositasining haydovchisi haydovchilik huquqidan mahrum etilgan taqdirda, unga jarima ballari hisoblanmaydi.

Bunda, agar haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganidan keyin yil tugagunga qadar transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lsa, uning yil boshidan yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun hisoblangan jarima ballari inobatga olinadi.

Yil mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga, rag‘batlantirish tariqasida, keyingi yilda sodir etgan birinchi yo‘l harakati qoidasini buzganligi uchun jarima bali hisoblanmaydi. Biroq, bu haydovchining asosiy jazodan ozod etilishiga sabab bo‘lmaydi.

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash
JADVALI


O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksining moddalari


Jarima bali miqdori


125-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


0,25


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


0,5


3-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


1


4-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


5-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


4


6-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


5


7-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


1


1251-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


4


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


5


126-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


1


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


127-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


128-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


0,5


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


1


3-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


4-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


4


1281-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


1282-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


1


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


3-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


1283-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


1


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


3-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


3-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


4


1284-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


1285-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


3-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


5


1286-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


1


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


3-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


4-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


4


129-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


130-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


1


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


131-modda


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


5


133-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


134-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


135-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


0,25


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


2


3-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


3


1351-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


0,5


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


1


136-modda


2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


5


137-modda


1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik uchun


5

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.