O‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida diktant aksiyasi o‘tkaziladi

O‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida diktant aksiyasi o‘tkaziladi


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash va ommaviy savodxonlikni targ‘ib etish maqsadida Diktant.uz aksiyasi tashkil etilmoqda. Bu boradagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilib, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Aksiya joriy yilning 28 may kuni Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aksiyada ishtirok etishni istaganlar www.diktant.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Mazkur aksiyaning o‘tkazilishi bilan bog‘liq barcha yangiliklarni diktant.uz va ToshDO‘TAUning rasmiy veb-sayti hamda universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan topish mumkin.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.