«Farzandlarim mensiz ulg‘aymasin…». Andijonlik yosh ona operatsiyaga yotadi. Yordam juda-juda zarur

«Farzandlarim mensiz ulg‘aymasin…». Andijonlik yosh ona operatsiyaga yotadi. Yordam juda-juda zarur


Xayriya uchun maqola yozish juda qiyin. Sababi, ko‘makka muhtoj insonning bor dardi, sharoitini so‘z va videotasvirlar bilan o‘quvchiga yetkaza olmaslikdan xavotirga tushasan.

Andijon shahri, Guliston ko‘chasida yashovchi og‘ir bemor Ma'muraxon Yuldashevaning bugungi holati bilan tanishib ham shunday bo‘ldi.

Video: YouTube

Video: Mover (tas-ix)

Ayolning uch nafar hali oq-qorani anglamagan, ona mehriga to‘ymagan farzandlari bor. Eng kattasi Robiyaxon 11 yoshda. Keyingi farzandi Muhammadali 10, kenjasi Muhammad Ayub esa endigina 5 yoshga kirdi.

Ma'muraxon eng kichik farzandiga homilador bo‘lganida juda ko‘p betob bo‘ladi. Unga turli shifoxonalardan davo izlaydilar. Tashxis aniq bo‘lmagani uchun nafi bo‘lmaydi. 2017 yil onkologiya kasalxonasida mudhish tashxisni qo‘yiladi...

Tashxis: Me'da osti bezi bosh qismi o‘smasi. O‘smaning jigar darvozasi elementlariga, o‘t pufagiga, o‘n ikki barmoqli ichakka, yo‘g‘on ichak tutqichiga o‘sib o‘tishi bilan bog‘liq og‘ir holatlar. Bir so‘z bilan aytganda – oshqozon osti bezi saratoni.

2017 yili Toshkentdagi Respublika onkologiya kasalxonasida operatsiya stoliga yotgan Ma'muraxon jarrohlik tufayli davo topmaydi. «O‘smani to‘la tozalay olishmadi. O‘n ikki barmoqli ichak o‘rniga «stend» qo‘ya olishdi, xolos. Hozir o‘sha «stend» bilan yashayapti», deydi uning qaynonasi Maqsudaxon ona.


Ma'muraxonning so‘zlarini esa e'tiborsiz tinglashning iloji yo‘q edi...

Uning ko‘zda yosh, dilda o‘kinch bilan «O‘zbekistondan da'vo topmagach, Hindiston shifokorlaridan umidlandik. Ular tashxis va analizlar bilan tanishib, «Kasallik deyarli oxirgi bosqichga kelib qolibdi. Agar o‘sma jigarga o‘tsa, davolashning iloji qolmaydi», deyishdi. Hindistonda operatsiya qilish 13-14 ming AQSh dollariga tushar ekan. Uch nafar farzandim begona ayolning qo‘lida ulg‘aymasin, ular uchun yashashni istayman», deganlarini tasvirga tushirdik.

«Men Ma'muraxonni kelin emas, qizimdek ko‘rdim. Shuncha yillar bizga qizlik vazifasini bajarib kelayotgan edi. Uch nafar shirin-shirin farzandi bor. Qarangki, taqdir sinoviga uchradik. Agar biror tanadagi a'zoni berishim kerak bo‘lganida bolalari baxti uchun bergan bo‘lardim. Har kuni ezilib, ezilib yashayapmiz. Bor umidimiz sharoitimizni his qilib, kelinim tuzalib ketishiga ko‘mak beradigan ehsonli kishilardan», deya zorlanadi Maqsudaxon ona.

Ma'muraxonning turmush o‘rtog‘i Dilmurodjon hunarmand. Uning topgani ro‘zg‘ordan ortmaydi. Oilani esa uzoq hind yurtida umidli operatsiya kutib turibdi.

Oilaning farzandlari bog‘cha va maktabda ekan. Surat va videolarga uning qaynonasi ruxsat bergach, ovsinining farzandlari bilan birga oldik.

Aziz o‘quvchi. Dunyoda hech kim volidasiz ulg‘aymasin... Uch norasida go‘dakning onasi, borlig‘i va jonu-jahoni bo‘lgan farzandlari uchun yashashni istamoqda. Avvalo, Yaratgandan so‘ng esa sizlardan Ma'muraxon uchun xayriya mablag‘larini yig‘ishga ko‘mak, ehson, yordam so‘raymiz.

O‘ylaymizki, qutlug‘ va qalblar o‘zgacha yaxshilikka yo‘g‘rilgan kunlarda maqsadimiz amalga oshadi. Sizning ehsoningiz uch nafar farzandning onasi hayoti uchun juda-juda zarur.

Ehsonli kishilar ushbu maqolamizni bee'tibor qoldirmaydilar, degan umiddamiz.

YuLDASheVA MA'MURAXON NOMIGA OChILGAN PLASTIK KARTA:

Click/PayMe: 8600 0423 0335 7619 (Agrobank)

MFO: 00077

INN: 200242857

Naqd pul topshirganda: 23116840300000077001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda:

23118000900000077500

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

23120000900000077001

Telefon raqami: (90) 545-22-92

Elmurod Ermatov tayyorladi

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.