Tsement bo‘yicha bojxona imtiyozi 1 oktyabrdan bekor qilinadi

Tsement bo‘yicha bojxona imtiyozi 1 oktyabrdan bekor qilinadi


2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xomashyo va materiallar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxat prezidentning 17.01.2018 yildagi PQ-3479-son qarori bilan tasdiqlangan, shu tariqa, imtiyoz 2018 yil 18 yanvardan qo‘llanadi.
Bojxona imtiyozi tatbiq etiladigan tovarlar ro‘yxatida sement, shu jumladan, sement klinkeri (TIF TN kodi 2523) mavjud. 2019 yil 1 oktyabrdan sement chiqarib tashlanadi, biroq ushbu pozitsiyada imtiyozlar sement klinkeriga nisbatan saqlanib qoladi.
Mazkur holatda imtiyozlar asosiy qurilish materiallari, shu jumladan, sement klinkeri va asbest import qilinishida ishlab chiqaruvchi korxonalarga o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ham qo‘llanadi.
Hujjat 1.10.2019 yildan kuchga kiradi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.