AQShda to‘y va dafn marosimini bir vaqtda o‘tkazmoqchi bo‘lgan yoshlar tanqidga uchradi

Kaliforniyada istiqomat qiluvchi yosh kelin-kuyov to‘y va xolasining dafn marosimini bir vaqtda o‘tkazishga qaror qildi, deb xabar berdi Sputnik.



Foto: Sputnik

Yoshlar bu haqda ijtimoiy tarmoqda tegishli post yozdi. Bu post o‘z o‘rnida foydalanuvchilarning keskin tanqidiga uchradi.

Sevishgan juftlik qarindoshining vafot qilgani uchun qayg‘uda ekani, biroq o‘z rejalarini o‘zgartirishni xohlamasligini ma’lum qildi.

“Biz barchamiz chuqur qayg‘udamiz, lekin kelgusi haftada to‘yni bekor qilmaymiz deb va’da beramiz”, - deb yozdi yoshlar.

Ularning fikriga ko‘ra, dafn uchun ko‘p xarajat qilinadi, shuning uchun ular to‘yni marhum xolasi bilan birga nishonlashga qaror qildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.