Rossiyalik jurnalist Sergey Dorenkoning qonida zaharlanish alomatlari topilmadi

Rossiyalik jurnalist Sergey Dorenko bilan vidolashuv marosimi 17-may kuni Moskvadagi Troyekurov qabristonida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng uning jasadi krematsiya qilinadi, deya xabar beradi Meduza.



Foto: Sputnik

Politsiya jurnalistning bevasiga krematsiya uchun jasadni olishiga ruxsat berdi.

Dorenko bilan vidolashuv 12-mayga mo‘ljallangan, biroq qayta sud-tibbiy ekspertizasi zarurati tufayli qoldirilgandi. Buni otalari zaharlangani bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan jurnalistning qizlari talab qildi.

Tibbiy ekspertlar 9-may kuni mototsikldan yiqilib, vafot etgan  Dorenkoning qonida zaharlanish alomatlarini topmadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.