AQSh aviatashuvchi kemasi Eronga yaqinlashib qoldi

AQSh aviatashuvchi kemasi Eronga yaqinlashib qoldi


AQShning Eron sohillariga jo‘natilgan, Abraham Lincoln aviatashuvchi harbiy kemasi boshchiligidagi zarbdor guruhi 15 may kuni Ummon ko‘rfaziga kirdi.

Ayni vaqtda guruh Erondan janubdagi Ummon sultonligi yaqinida bo‘lib, 16 yoki 17 may kuni Fors ko‘rfaziga kirishi mumkin.

Guruh tarkibiga bombardimonchi samolyotlar, Leyte Gulf (Leyte Galf) raketa kreyseri, Bainbridge (Beynbrij), Mason (Meyson) va Nitze (Nitse) esminetslari ham kirgan. Bundan tashqari, uning tarkibida Tomahawk qanotli raketalari bilan qurollangan bitta yoki ikkita suv osti atom kemasi ham bo‘lishi mumkin.

AQShning Fors ko‘rfaziga aviatsiya guruhini jo‘natish qarori Vashington va Tehron o‘rtasida keskinlik oshayotgani bilan bog‘langan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.