Shimoliy Koreyada kuchli qurg‘oqchilik kuzatilayotgani ma’lum qilindi

KXDRda so‘nggi yillardagi eng kuchli qurg‘oqchilik yuz berayotgani ma’lum qilindi.  Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.


Foto: Arxiv

Butun mamlakat bo‘yicha may oyidagi o‘rtacha yog‘ingarchilik darajasi 2 millimetr  deb qayd qilindi. Bunday sharoitda may oyi meteorologik kuzatishlar tarixidagi eng quruq oy bo‘ladi.

2019-yilning dastlabki 5 oyida mamlakatda o‘rtacha 54,4 millimetr yog‘ingarchilik kuzatilgan. Bu esa 1982-yildan beri kuzatilgan eng past daraja hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, qurg‘oqchilik olib keladigan zararni kamaytirish uchun hukumat qishloq xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlashga harakat qilmoqda.

May oyining boshida BMT KXDRda taxminan 10 million kishi oziq-ovqat yetishmasligidan azob chekishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Unga ko‘ra, mamlakat keyingi hosilga qadar yetarli miqdorda oziq-ovqatga ega bo‘lmasligi mumkin.

Fevral oyida Shimoliy Koreyaning 40 foiz aholisi oziq-ovqat taqchilligi bilan to‘qnash kelgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.