Hukumat qarori: O‘zbekiston XXI yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun da'vogar 

Hukumat qarori: O‘zbekiston XXI yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun da'vogar 


O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, xalqaro nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etiladi, Toshkent va Samarqand shaharlarida Olimpiya shaharchalari quriladi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 2022 yil Xanchou shahrida (Xitoy), XX yozgi Osiyo o‘yinlari 2026 yil Nagoya shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lib, 2030 yil XXI yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi joyi belgilanmaganligi sababli O‘zbekiston da'vogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoni mavjud.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.