Ukraina Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi

Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi ayrim tovarlarni yetkazib berishni taqiqlash va maxsus boj to‘lovlarini joriy etish ko‘zda tutilgan yangi iqtisodiy sanksiyalarni joriy etdi, deb xabar berdi Meduza.


Foto: RuBaltic.Ru

Qayd etilishcha, Ukraina Vazirlar Mahkamasi Rossiya hukumati qarorlari va harakatlariga qarshi aks choralarni joriy etdi. Xususan, Ukrainaga sanoat mahsulotlari guruhi, masalan, sement, shuningdek, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, transport vositalarini import qilishni taqiqladi.

Maxsus boj to‘lovi boshqa boj to‘lovlaridan mustaqil ravishda 2019-yilning 1-avgustidan qo‘llaniladi. Uning qiymati import qilinuvchi tovarning foizlardagi nisbatda hisoblanadi. Aniq to‘lov miqdori qancha bo‘lishiga aniqlik kirtilmagan.

Rossiya aprel oyida import qilinishi cheklangan Ukraina tovarlari ro‘yxatini kengaytirib, unga neft va neft mahsulotlarini ham kiritgan edi.

Ukraina 2016-yildan boshlab Rossiyadan turli tovarlar, xususan, go‘sht, baliq, sut va qandolatchilik mahsulotlarini keltirishni cheklagan edi. Cheklov 2019-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.