Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar saylandi

Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar saylandi


O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan navbatdan tashqari bosh assambleya vaqtida Umid Ahmadjonovni o‘z arizasiga binoan lavozimidan muddatidan oldin ozod etish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu masala ovozga qo‘yilib, ma'qullandi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov nomzodi MOQ prezidentligi uchun ovozga qo‘yilib, ma'qullandi. Mamlakat bosh vaziri Abdulla Oripov Rustam Shoabdurahmonovni qo‘mitaning yangi rahbari sifatida tanishtirdi.

Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov 2001-2005 yillarda Toshkent hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Rustam Shoabdurahmonov 2018 yilning iyunida Prezident farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash direksiyasi raisi etib tayinlangan edi. U o‘tgan yilning iyulida O‘zbekiston qilichbozlik Federatsiyasiga ham rais bo‘lgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.