Uyni 25 ming dollarga sotayotgan vaqtda ushlangan fuqarolar haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi

Uyni 25 ming dollarga sotayotgan vaqtda ushlangan fuqarolar haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi


Bosh prokuratura Departament tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda 2 xonali uyni 25 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda fuqarolar R.T. hamda N.L.lar ushlangani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida aytilishicha, mahkama Departamenti xodimlari tomonidan bunday tadbir o‘tkazilmagan.

«O‘z-o‘zidan fuqarolar R.T. hamda N.L.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177 va 189-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan», - deyiladi xabarda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.