O‘zbekiston armiyasida birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivali o‘tkaziladi

O‘zbekiston armiyasida birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivali o‘tkaziladi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida shu yilning 25-26 may kunlari “Hech bir ijobiy g‘oya e'tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida “TECHNO DISCOVERY-2019” festivali o‘tkaziladi.


Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tadigan ushbu festivalda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, boshqa vazirlik va idoralar xodimlari loyihalari bilan ishtirok etadi.


Festivalda harbiy-texnik sohaga oid ishlanmalardan tashqari hayotning barcha jabhalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan innovatsion loyihalar qabul qilinadi.

Loyihalar 30 soniyali video lavha va foto materiallar tarzida, ishlanma va ishtirokchi haqidagi to‘liq ma'lumotlar yozilgan holda (+998 93) 671-75-47 raqamning Telegram-mesenjyeriga yuborilishi so‘raladi.

Murojaat uchun telefonlar: (71) 269-85-08, (71) 269-85-45.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.