Kun hadisi: Alloh pokdir va u pok narsalarni sevadi

Kun hadisi: Alloh pokdir va u pok narsalarni sevadi


“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Halol luqma”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri Homidjon Ishmatbekov sharhlab berdi.

Video: Youtube

Video: mover.uz (tas-IX)

Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladilar:

“Rasululloh salollohu alayhi vasallam aytdilar: “Albatta, Alloh taolo pok zotdir. Va u faqatgina pok narsani qabul qiladi. Alloh taolo mo‘minlarga payg‘ambarlarga buyurgan narsani buyurdi. Alloh taolo Qur'oni karimda bayon qilgan: “Ey payg‘ambarlar, pokiza, halol narsalarni yenglar va solih amallarni qilinglar”. Va yana Alloh taolo Qur'oni karimda aytganki: “Ey iymon keltirgan bandalarim, men sizlarga rizq qilib bergan narsalardan pokiza va halollarini yenglar”.

Payg‘ambarimiz alayhissalotu vasallam mana shulardan keyin davom etib, bir odamning misolini keltirdilar. “Bu odam mashaqqatli uzoq safarga chiqib, ya'ni hajga borib, chang va g‘uborga botib, soch-soqollari to‘zg‘igan holatda ikki qo‘lini osmonga ko‘tarib, “Ey Robbim” deb duo qiladi. Bu odam, aslida, yegani-yemishi harom, kiyadigan kiyimlari haromdan, ichadigan ichimliklari haromdan, umuman, buning ozuqasi haromdan bo‘lgan edi. shunday ekan, uning duosi qayerdan ham mustjaob bo‘lsin”, - dedilar Payg‘ambarimiz alayhissalotu vasallam”.

Mana bu hadisi sharifda Alloh taoloning pok zot ekanligi, u faqatgina pokiza narsalarni qabul qilishi, ya'ni amallarning ham, ehsonning ham pokizasini qabul qilishi bayon etilmoqda. Hromdan topilgan molni Alloh yo‘lida ehson qilsa ham u qabul qilinmaydi. Ayniqsa, inson o‘zi yeydigan narsasini ham haloliga e'tibor berishi lozim ekanligi ma'lum bo‘lmoqda.

Alloh taolo rizqni halolini yenglar deyapti. Ya'ni, inson ixtiyoriy ravishda rizqini harom qilib qo‘yishi mumkin ekan. Qo‘liga kiradigan molini halol bo‘lmagan yo‘llar bilan topilsa, o‘sha mol bunga harom bo‘lar ekan. Halollikka e'tibor berish naqadar muhim? Mo‘min-musulmonning duosi ijobat bo‘lishi, ibodati qabul bo‘lishi yeyishi, ichishi, kiyimi, yurish-turishining pokligi, halolligida.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.